«Manchester Siti» himoyachisi Rayan Ait-Nuri Italiyadagi eng yaxshi klublardan birida ishga joylashish imkoniyatiga ega. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.

Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, Turinning «Yuventus» klubi 25 yoshli jazoirlik himoyachini qo'lga kiritishga qiziqish bildirmoqda. Ait-Nurining transfer narxi 40 million yevroni tashkil etadi, uning «shahar» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyunigacha davom etadi.

O'tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida himoyachi 17ta o'yin o'tkazib, 2ta golli uzatma qayd etgan. Yangi mavsumda Ait-Nuri hali maydonga tushmagan.