Markaziy yarim himoyachi «Mankester Siti» Mateo Kovachich jamoani qishki transfer oynasida tark etmoqchi. Bu haqda Sportske novosti xabar bermoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, xorvat futbolchisini joriy vaziyat qoniqtirmayapti, chunki yangi bosh murabbiy Enzo Mareska unga yetarlicha o'yin vaqti bermayapti. 32 yoshli futbolchi murabbiyining unga bo'lgan munosabatini adolatsiz deb hisoblaydi.

Joriy mavsumda Kovachich barcha musobaqalarda beshta o'yinda ishtirok etgan, ammo hech qanday samarali harakatlar bilan ajralib turmagan. Premier-liganing so'nggi uchta o'yinida yarim himoyachi maydonga tushmagan.

Kovachichning «Mankester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyunigacha davom etadi.