Londondagi «Tottenhem» jamoasi «Nottinhem Forest» hujumchi yarim himoyachisi Morgan Gibbs-White'ni sotib olishni maqsad qilgan. Bu ma'lumotni Football Insider manbasi oshkor etdi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «shporlar» 26 yoshli ingliz futbolchisini qishki transfer oynasida sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Shartnoma summasi taxminan 145,8 million yevro bo'lishi mumkin. Poytaxt klubi mavsum o'rtasida bunday katta summani sarflashdan qo'rqmayotgani ta'kidlanmoqda.
Shuni ta'kidlash joizki, avval «Tottenhem» o‘tgan yili Gibbs-White'ni sotib olishga harakat qilgan edi.
Joriy mavsumda yarim himoyachi Angliya Premer-ligasida beshta o'yinda ishtirok etib, bitta gol urdi va ikki golli uzatma berdi.
