2022 yilda, «Manchester Yunayted» bilan aloqalarini uzgandan so‘ng, Krishtianu Ronaldu boshqa bir APL klubi - «Chelsi»ga o‘tishga juda yaqin bo‘lgan. «Pensionerlar» egasi Tod Byoli yulduz portugaliyalikni o‘z jamoasida ko‘rishni juda xohlagan - u klubni yangi sotib olgan va shov-shuvli nomni istagan.
The New York Times ma'lumotlariga ko‘ra, Byoli hatto Ronalduning agenti Jorje Mendes bilan shaxsiy uchrashuv o‘tkazgan va bu imkoniyatni muhokama qilgan. Ammo qiziqarli tashabbus Londondagi klubning o‘sha paytdagi murabbiyi - Tomas Tuxel tomonidan qat'iy “yo‘q” bilan to‘qnashgan.
Natijada Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatiga o‘tishga qaror qildi va hozirda ham u yerda o‘ynamoqda.
