Angliya futbolining veteran o‘yinchisi Jeyms Milaner «Manchester Siti»da o‘ynagan paytlarida Mario Balotelli bilan do‘stligini eslaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Balotellining eng yaxshi o‘yin sifatlaridan biri - u penaltini o‘tkazib yubormasdi.
«U men ko‘rgan eng yaxshi penaltini bajaruvchilardan biri edi. Men yillar davomida uning bir marta ham o‘yinlarda yoki mashg‘ulotlarda penaltini o‘tkazib yuborganini ko‘rmaganman. U haqiqatan ham darvozabonning harakatlarini kuzatishga birinchi bo‘lib e’tibor qaratganlardan edi», - deydi Jeyms Milaner derbyderbyderby.it.
Shuni eslatib o‘tamizki, Mario Balotelli «shahar» jamoasidan tashqari, Angliyada «Liverpul»da ham o‘ynagan.
