«Arsenal»ning bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa yig‘inlari paytida shartnomani uzaytirish imkoniyati haqida savolga javob berdi.
«O‘ylaymanki, bu masalada biz bir xil fikrdamiz va to‘g‘ri vaqt kelganda, buni hal qilamiz. Bu borada xavotirlanishga hojat yo‘q. O‘tgan safardagi kabi muddatlar bo‘ladimi, bilmayman. Bizning klub bilan maqsadlarimiz va ambitsiyalarimiz bir xil. Vaqtimiz bo‘lganda, bu masalani hal qilamiz», - dedi Arteta matbuot anjumanida.
Shanba, 19-sentabr kuni «Arsenal» «Brayton»ga qarshi mehmonlikda Premyer-liga o‘yini o‘tkazadi. O‘yinning boshlanishi Moskvada 17:00da bo‘ladi.
