«Liverpul» forvardi Aleksandr Isak klubga o'tishidan hech qachon pushaymon bo'lganmi, degan savolga javob berdi.
«Yo'q, hech qachon. Men buni hech qachon o'ylamaganman. Oyoq suyaklarimni sindirib olganimda qiyin bo'ldi. Uzoq muddatga jarohatlangan har kim meni tushunadi. Hozir men faqat oldinga qarayman va joriy mavsumdan umidvorman, u bizga nima olib kelishi mumkin», — dedi Isak BBC Sportga bergan intervyusida.
Isak 2025 yil sentabrda «Nyukasl»dan «Liverpul»ga o'tdi. Hozirgi mavsumda shved forvardi barcha musobaqalarda olti uchrashuvda qatnashdi, uchta gol urdi va birta golli uzatma berdi.
