Wingerd «Bornmut» Ryan «Liverpul»ning diqqat markazida. Ushbu ma'lumotni ESPN Brasil taqdim etmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, agar merseysaydlar 20 yoshli brazilyalikni sotib olishni xohlasalar, ularga taxminan 150 million evro to'lashga to'g'ri keladi. Chunki, bu summa o'yinchining shartnomasida tovon puli sifatida ko'rsatilgan. Shuningdek, «vishniylar» narxni pasaytirishga tayyor emasliklarini ta'kidlaydi.
Joriy mavsumda Ryan barcha musobaqalarda oltita o'yinda maydonga tushib, ikki gol urdi.
Hujumchining «Bornmut» bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi 2031 yilning o'rtalarigacha davom etadi.
