Fransiya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi yulduzi Kylian Mbappe, MLSda karerasini davom ettirish taklifini olganini aytdi.

«AQShda madaniyat biznikidan farq qiladi. U yerda ambitsiyalaringiz uchun hech qanday cheklov yo'q. Devid Bekhem menga MLSga ko'chib o'tishni taklif qilgan. Kelajakda bu bo'lishi mumkinligini inkor etmayman», - dedi hujumchi RMC Sportga.

2026 yilgi jahon chempionatining guruh bosqichidagi so'nggi o'yinda Fransiya terma jamoasi Senegal terma jamoasini 3:1 hisobida mag'lub etdi. O'sha o'yinda Mbappe ikki marta gol urdi.

Oxirgi turda Didye Desham jamoasi Iroq terma jamoasi bilan to'qnash keladi.