Moskva «Lokomotiv» himoyachisi Yevgeniy Morozov 2026-yilgi jahon chempionatida Belgiya milliy terma jamoasining o‘yini haqida fikr bildirdi. Ikkinchi turda «qizil shaytonlar» Eron bilan 0:0 hisobida durang o‘ynashdi.

«Belgiya haqida gapiradigan bo‘lsak, u guruhdagi uchinchi o‘yinni yutadi va pley-offga chiqadi deb o‘ylayman. Eron bilan o‘yinda belgiyaliklar katta ustunlikka ega bo‘lishdi. Ular Yangi Zelandiya terma jamoasini mag‘lub etishadi», - dedi futbolchi «Match TV» telekanalida.

Jahon chempionatining guruh bosqichidagi uchinchi turda Belgiya terma jamoasi Yangi Zelandiya milliy jamoasi bilan uchrashadi. O‘yinga 27-iyun, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.