Urugvay terma jamoasi murabbiyi Marselo B'yelsa Kaboverde terma jamoasiga qarshi o'yinda durang natijadan mamnun ko'rinmadi. U o'z shogirdlari o'yin intensivligini pasaytirgani uchun jazolanganini ta'kidladi.

«Natijada hal qiluvchi omil shundaki, biz o'yin intensivligini pasaytirdik, bu esa bo'lishi kerak emas edi», - deya B'yelsaning so'zlarini FIFA rasmiy sayti keltirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Urugvay terma jamoasi guruh bosqichining uchinchi turida ispanlarga qarshi qiyin o'yin o'tkazadi. Hozirda janubiy amerikaliklar Saudiya Arabistoni va Kaboverde terma jamoasi bilan o'yinlardan so'ng faqat ikki ochkaga ega.