Belygiya terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku Eron bilan bo'lgan 0:0 hisobidagi durang haqida fikr bildirdi. Jamoalar jahon chempionati guruh bosqichining ikkinchi turida to'qnash kelishdi.

«Albatta, biz xafa bo'ldik. Ushbu o'yinda nimalar noto'g'ri ketganini tahlil qilishimiz kerak. Bizda ko'p imkoniyatlar bo'ldi, lekin gol urishni uddalay olmadik», - deya Lukakuning so'zlarini keltiradi RTBF.

«Biz juda hissiy o'ynadik. Qo'shimcha aytadigan hech narsa yo'q. O'yin uchun rejamiz bor edi, lekin unga yaxshiroq amal qilishimiz kerak edi. Bunday paytlarda hissiyotlarni ikkinchi o'ringa qo'yishni bilish kerak».

Ikki turdan so'ng, Belygiya terma jamoasi 2 ochko to'plagan va turnirda pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab qolmoqda. 27 iyun kuni jamoa Yangi Zelandiyaga qarshi o'ynaydi.