«Napoli» vatrar Vane Milinkovich-Savich bilan bir yildan so'ng xayrlashishi mumkin. Bu haqda Fooball Italia xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, klubning sport direktori Giovanni Manna muqobil sifatida asosiy nomzodni aniqladi - PSV darvozaboni Matej Kovarjni.

Chexiya terma jamoasi safida jahon chempionatida qatnashayotgan o'yinchi «Napoli» rahbariyati nazarida uzoq vaqtdan beri mavjud. Klub uning o'yin sifatlarini Allegri talablariga mos keladi deb hisoblamoqda. O'tgan mavsumda 26 yoshli futbolchi 44 o'yinda 63 gol o'tkazib yuborgan, uning bozor qiymati esa Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra 8 million evrodir.

Shuni ta'kidlash joizki, Allegri «Napoli»ning birinchi raqamli darvozaboni sifatida Aleks Meretni tayinlashni rejalashtirmoqda.