Ispaniyalik mutaxassis Roberto Martinez 2026-yilgi jahon chempionati tugagach, Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan ketishi mumkin.

Insayder Ben Jeykobsning ma'lumotlariga ko'ra, mamlakat futbol federatsiyasi yangi bosh murabbiy nomzodlarini izlashni boshlagan. Qisqa ro'yxatda Sergio Konseysau, Jorje Jezush va Abel Ferreira bor.

Avvalroq, Martinez Saudiya Arabistoni chempionatiga ko'chishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Ispan murabbiyiga «Al-Nasr» qiziqish bildirmoqda.

Jahon chempionatining guruh bosqichidagi dastlabki o'yinida Portugaliya DRC Kongoni yengishga muvaffaq bo'lmadi. O'yin kutilmaganda 1:1 hisobida durang tugadi.