Xalqaro futbol assotsiatsiyasi (FIFA) 2026 yilgi jahon chempionatining birinchi turidagi eng yaxshi himoyachini aniqladi.
Reytingda birinchi o'rinni Kanada milliy jamoasining himoyachisi Derek Kornelius egalladi. Bosniya va Gersegovina bilan o'tkazilgan uchrashuvda kanadalik 17 marta to'pni qaytardi. Shuningdek, himoyachi to'rt marta to'siqlar o'rnatdi, 13 ta to'pni chiqarib yubordi va sakkizta havo duelida g'alaba qozondi.
Eslatib o'tamiz, Kanada va Bosniya va Gersegovina o'rtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida durang tugadi.
Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha Shimoliy Amerikada o'tkazilmoqda. Hozirgi chempion Argentina hisoblanadi.




