Moskva «Spartak» rahbariyati yarim himoyachi Esek'yel Barco'ni sotish bo'yicha muzokaralar olib borishni rejalashtirmayapti. Bu haqda jurnalist Pablo Oliveira xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «qizil-oqlilar» Barco uchun braziliyalik va argentinalik klublardan kelgan takliflarni qabul qilmaydi, chunki ularni foydali deb hisoblamaydi.
Shu bilan birga, «Spartak» kostarikalik hujumchi Manfred Ugalde bo'yicha muzokaralar olib borishga tayyor, uni allaqachon «Betis» va «Sevilya»ga taklif qilishgan.




