«Dinamo»ning bosh murabbiyi Sandro Shvarts, «Real Sosyedad» yarim himoyachisi Arsen Zaharyanning jamoaga qaytishi mumkinligi haqida savol oldi.

«Biz uning bilan aloqada bo'lamiz. Sizlar mendan nima eshitishni xohlaysiz, buni tushunaman. Lekin, La Ligada unga biroz omad kelmadi, bu jarohatlarga bog'liq. U ajoyib inson, yaxshi odam va o'yinchi», — deydi Shvarts so'zlarini Match TV keltirmoqda.

Zaharyan — «Dinamo» tarbiyalanuvchisi. U Shvarts boshqaruvida «oq-ko'k» jamoasining asosiy tarkibida debyut qilgan.

2023 yilda rus yarim himoyachisi «Real Sosyedad»ga o'tdi. O'tgan mavsumda 23 yoshli Zaharyan barcha turnirlarda 21 o'yinda qatnashdi va bitta gol urdi.