Amsterdamning «Ayaks» klubi «Monako» bilan himoyachi Kayo Enrique transferi bo'yicha prinsipial kelishuvga erishdi.

Telegraaf ma'lumotlariga ko'ra, 28 yoshli braziliyalik futbolchining transfer narxi 9 million evro bo'lib, bonuslar hisobiga 500 ming evrogacha oshishi mumkin. Hozirda klub futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Tomonlar 2029 yoki 2030 yilgacha kelishuvni muhokama qilmoqda.

Kayo Enrique 2020 yildan buyon «Monako»da o'ynaydi. Shu vaqt ichida u 211 o'yin o'tkazib, 3 gol urdi va 41 golli uzatma berdi. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar ligasida 22 o'yin bor.