Moskva «Spartak»ning qanot himoyachisi Ilya Samoshnikov qozonlik «Rubin»ga o‘tishi mumkin.

Jurnalist Anar Ibragimovning telegram-kanaliga ko‘ra, «Rubin» 28 yoshli Samoshnikovni ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bundan tashqari, qozonliklar sobiq «Dinamo» va turk «Kayserispor» qanot o‘yinchisi Denis Makarovni ham qo‘lga kiritishi mumkin.

 «Spartak» Samoshnikovni o‘tgan yozda sotib olgan. «Qizil-o‘q ranglilar» safida u faqat beshta uchrashuvda o‘ynab, bitta gol urdi va bitta assist berdi. Poytaxt jamoasi himoyachini ijaraga berishga tayyorligi haqida xabarlar bor, bu esa uning o‘yin ritmini tiklashiga yordam beradi.

Shuni ta'kidlash joizki, Samoshnikov 2020 yildan 2023 yilgacha «Rubin»da o‘ynagan.