Moskva «Spartak»ining yetakchi yarim himoyachisi Esekyel Barco yana bir argentinalik klubning qiziqishiga tushdi. Ole jurnalistlarining xabariga ko'ra, yarim himoyachini «Boka Xunyorz» sotib olmoqchi.

Argentinalik klub vakillari jamoaning hujum chizig'ini kuchaytirish uchun yangi o'yinchilar qidirmoqda. Barco «Boka»ning transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Oldinroq, Esekyelga boshqa argentinalik klub – «Independiente»ning qiziqishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

27 yoshli yarim himoyachining bozor qiymati 16 million evroga baholanmoqda. Barco va «qizil-oqlilar» o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning iyun oyining oxirida tugaydi.