Ispaniya terma jamoasining Chattanugadagi mashg'ulot bazasining xavfsizligi «qizil furiya» forvardi Borxa Iglesiasni uning hududiga kiritmadi.

Forvard sayr qilishga chiqdi va akreditatsiyasini olib ketishni unutdi. Qaytganida esa, xavfsizlik xodimlari uni ichkariga kiritishdan bosh tortishdi, deya xabar bermoqda El Chiringuito.

Iglesias xavfsizlik xodimlariga o'zini terma jamoa o'yinchisi ekanligini tushuntirishga urinishi muvaffaqiyatli bo'lmadi. Faqatgina administrator uning shaxsini tasdiqlagandan so'ng, ichkariga kiritishdi.

Birinchi turda ispanlar sensatsion tarzda Kaboverde bilan durang o'ynashdi (0:0). Luis de la Fuentes jamoasining keyingi raqibi Saudiya Arabistoni terma jamoasi bo'ladi.