Eks-futbolchi Rikardu Kosta Portugaliya terma jamoasidagi 41 yoshli hujumchi Kriştianu Ronalduning mavqei haqida fikr bildirdi.

«O‘yinchilar uning fikrlariga e’tibor berishadi. Kriştianu – jamoaning lideri, u hamkasblarini motivatsiya bilan ta’minlaydi va terma jamoaga katta yordam beradi. Portugaliya terma jamoasidan tashqarida uning haqida ko‘p gapirishadi, lekin jamoa ichida hamma uni hurmat qiladi», - dedi Kosta Marca gazetasiga.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionatining guruh bosqichidagi birinchi o‘yinda Portugaliya terma jamoasi D.R. Kongo terma jamoasi bilan to‘qnash kelgan edi. O‘yinda kutilmagan 1:1 hisobida durang qayd etildi.