Rossiyalik yarimhimoyachi Denis Makarov turkning «Kayserispor» klubidagi shartnomasini maosh kechikishi sababli bekor qildi. Futbolchiga uch oy davomida pul to'lanmagan.

Makarov klubdan qarzdorlikni to'lashni talab qilgan, ammo rahbariyat uning murojaatini e'tiborsiz qoldirgan.

Futbolchining ishi bilan shug'ullanuvchi «Aleteya» futbol huquqi kompaniyasidan ma'lum qilinishicha, FIFAga tegishli shikoyat yuborilgan, unda qarzdorlikni to'lashdan tashqari, rossiyalik futbolchi klubga sportiy jazolarni qo'llashni ham talab qilmoqda.

Shuni eslatib o'tamizki, «Kayserispor» tarkibida Germán Onugha va Fyodor Chalov ham o'ynaydi. Ular klub bilan 2025/2026 yilgi mavsum natijalariga ko'ra birinchi divizionga tushib ketishdi.