FIFA prezidenti Janni Infantino O'zbekiston terma jamoasining Shimoliy Amerikada o'tayotgan 2026-yilgi Jahon chempionatidagi birinchi o'yiniga izoh berdi. Jamoa mundialni Kolumbiyaga qarshi 1:3 hisobida mag'lubiyat bilan boshladi.
«Har bir Jahon chempionatida yangi bir hikoya boshlanadi. Hozir O'zbekiston o'z hikoyasini yozmoqda. Bu har bir futbolchi, murabbiy va jamoaga ishonayotgan muxlislar uchun munosib bo'lgan cho'qqi. Jahon chempionatidagi har bir lahzadan bahramand bo'ling», - deya yozdi rahbar ijtimoiy tarmoqlarda.
2026-yilgi mundialning guruh bosqichining ikkinchi turida O'zbekiston terma jamoasi Portugaliya terma jamoasi bilan uchrashadi.




