Ataqchi yarimhimoyachi Niko Uilyams Ispaniya terma jamoasining 2026 yilda Shimoliy Amerikada o‘tayotgan Jahon chempionatidagi ambitsiyalari haqida gapirib berdi.
“Biz birinchi o‘yindan keyin nima uchun tanqid qilinayotganimizni bilamiz. Men ishonchim komilki, keyingi uchrashuvda hamma boshqacha Ispaniya terma jamoasini ko‘radi. Bu juda uzoq turnir, biz chempion bo‘lishni xohlaymiz. Biz tinchlik bilan ishlashni davom ettiramiz”, - deydi futbolchi Marca gazetasiga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, birinchi turda Ispaniya terma jamoasi Kaboverde terma jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Keyingi uchrashuvda Luis de la Fuentening jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi o‘ynaydi. O‘yin 21 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.




