Nemis veteran darvozaboni Manuel Noyer Germaniya terma jamoasi safida jahon chempionati tugagach o'ynashni rejalashtirmayapti.
Ko'pchilikni Noyerning hozirgi jahon chempionatida Germaniya terma jamoasiga kiritilishi hayratda qoldirdi, ammo bu, asosan, istisno bo'lib qoladi - chempionat tugagach, Noyer terma jamoa safidan ketadi.
Ma'lumki, hozirda uning yoshi 40da. Myunxenning «Bavariya» klubida o'ynayotgan darvozabon jahon chempionatida beshinchi bor qatnashmoqda. 2014 yilda u Germaniya terma jamoasi tarkibida Braziliyada jahon chempioni bo'lgan. Shuningdek, 2010 yilda Janubiy Afrikada bo'lib o'tgan jahon chempionatida bronza medallarini qo'lga kiritgan.




