Futbol agenti Paulu Barbosa Shimoliy Amerikada o'tkazilayotgan 2026-yilgi jahon chempionati haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«48 jamoa – bu juda ko'p. Futbolchilar dam olishmadi, endi esa ularga bir oydan ko'proq o'ynash kerak. Ushbu charchoq o'zini ko'rsatadi, shuningdek, iqlim sharoitlari ham yordam bermaydi. 32 jamoa variantini eng maqbul deb hisoblayman», - deydi Barbosa Metaratings portaliga bergan intervyusida.

Shuni eslatib o'tamizki, bu tarixda birinchi marta 48 jamoa ishtirok etayotgan mundial bo'lib, jamoalar 12 guruhga bo'lingan.

Juma, 18-iyun kuni guruh bosqichining ikkinchi turi boshlandi. Hozirda Los-Anjelesda Shveysariya va Bosniya va Gersegovina jamoalari o'rtasida o'yin o'tkazilmoqda. Ushbu uchrashuvning matnli translyatsiyasi portalimizda mavjud.