CSKA yarim himoyachisi Maksim Muxin klubni tark etib, Rossiya chempionatining boshqa jamoasiga o'tadi.

«Mutko qarshi» telegram-kanalining xabariga ko'ra, 24 yoshli futbolchi «Rostov» bilan shartnoma imzolaydi. Shartnoma tafsilotlari oshkor etilmagan.

O'tgan mavsumda yarim himoyachi «Sochi»da ijarada o'ynadi. U janubiy jamoa safida 24 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi. Sochiliklar mavsum yakunida oxirgi o'rinda qolib, Birinchi ligaga tushib ketishdi.

Shuni ta'kidlaymizki, CSKA 2025/26 mavsumida turnir jadvalida beshinchi o'rinni egalladi, «Rostov» esa chempionatni o'ninchi o'rinda yakunladi.