Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinez jamoaning jahon chempionatidagi istiqbollari haqida D.R. Kongo bilan birinchi tur o‘yini (1:1) natijasidan so‘ng savolga javob berdi.

Portugaliyaliklar mundialning asosiy favoritlaridan biri sifatida ko‘rilgan, ammo birinchi o‘yinda umid beruvchi natija ko‘rsatilmadi.

«Biz jahon chempionatini yutishimiz shart emas. Yaxshi o‘yin ko‘rsatishimiz va bizdan talab qilinayotgan narsalarni bajarishimiz kerak. Biz turnirda majburiy g‘alaba yukini o‘z zimmamizga olishni xohlamaymiz. Bizning birinchi maqsadimiz – guruh bosqichida iloji boricha ko‘proq ochko to‘plash», – dedi Martinez jurnalistlar bilan suhbatda.

Ikkinchi turda Portugaliya terma jamoasi O‘zbekiston bilan to‘qnash keladi – uchrashuv 23-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.