2026 jahon chempionatidagi debyut uchrashuvida O'zbekiston terma jamoasi Kolumbiya milliy jamoasiga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Ushbu natija haqida O'zbekiston jamoasining murabbiyi, italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro fikr bildirdi.

«Biz o'yin ustidan nazoratni qo'lga olishni xohlagandik. To'p bilan o'ynamaslik bunday raqibga qarshi juda qiyin. Bu biz uchun tarixiy o'yin edi, biz uni albatta eslaymiz. Hozir O'zbekiston jahon chempionatida. Bu jamoa uchun foydali tajriba. Biz xatolar qildik, ular ustida ishlaymiz», - deydi italiyalik mutaxassis Zamin.uz saytida.

Kannavaro shogirdlari keyingi o'yinini nufuzli turnirda Portugaliya terma jamoasiga qarshi o'tkazadilar.