Jahon chempionatining 2026 yilgi guruh bosqichidagi dastlabki turida Gana terma jamoasi Panama terma jamoasi bilan uchrashdi. Afrikaliklar 1:0 hisobida minimal g'alabani nishonlashdi.
Globo jurnalistlarining xabar berishicha, Gana terma jamoasining murabbiyi Karlush Keyrush Jahon chempionatlari tarixida rekord o'rnatdi. 73 yoshli portugaliyalik mutaxassis mundialda g'alaba qozongan eng yoshi katta murabbiy bo'ldi. U nemis Otto Rehagalning yutug'ini ortda qoldirdi.
Gana uch ochko bilan o'z guruhida ikkinchi o'rinda turibdi. Shimoliy Amerikada o'tayotgan nufuzli musobaqadagi navbatdagi uchrashuvda afrikalik futbolchilar Angliya terma jamoasi bilan to'qnash kelishadi. O'yin 23 iyun kuni bo'lib o'tadi.




