Angliya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatiga Xorvatiyaga qarshi (4:2) g'alaba bilan start berdi. Tomas Tuxel boshqaruvidagi jamoa birinchi turda Garri Keyn (ikki marta), Jud Bellingem va Markus Rashfordning gollari yordamida g'alaba qozondi. Opta ma'lumotlariga ko'ra, angliyaliklar 24 yil ichida birinchi marta mundial doirasida FIFA reytingining top-15 jamoasini (Xorvatiya – 11-o'rinda) mag'lub etishga muvaffaq bo'lishdi. Oldingi bunday g'alaba 2002 yil iyunida ro'y bergan bo'lib, o'sha paytda Argentina minimal hisobda mag'lub etilgan edi.

23 iyun kuni «uch arslon» ikkinchi turda Gana bilan o'yin o'tkazadi, va guruh bosqichidagi so'nggi o'yinida Angliya Panama bilan to'qnash keladi.