Daniyel Maldini, afsonaviy Paolo Maldinining o'g'li, shanba kuni «Kalyari» safida «Atalanta»ga qarshi o'yinda maydonga tushdi. Maldini gol urdi va jamoasiga 2:1 hisobida g'alaba qozonishda yordam berdi.
O'yindan so'ng Daniyel Milanda kechani o'tkazdi. Shaharning shimoliy chekkasida ikki avtomobil ishtirokida avariya yuz berdi. 25 yoshli Maldini va yana besh kishi – 20 va 22 yoshli qizlar, shuningdek 19, 20 va 21 yoshli yigitlar yengil jarohatlar oldi.
Voqea joyiga tez yordam mashinalari yetib keldi. Bir kishiga joyida yordam ko'rsatildi, qolgan beshta jabrlanuvchi, jumladan Maldini, tahlil qilish uchun shifoxonaga olib ketildi.
Politsiya avariyaning sabablarini aniqlashda davom etmoqda, deb xabar beradi ANSA.
