Ilgari «Roma»ning kapitanligi qilgan Francesco Totti «Roma»ni hozirda «Milan» yoki «Yuventus»dan kuchliroq deb hisoblashining sabablari haqida gapirdi.

«O'tgan mavsum bilan solishtirganda, «Roma» o'z tarkibini kuchaytirdi. Klub o'zining maqsadli tanlovini amalga oshirdi: sport direktori va murabbiy chempionlik unvoni uchun jiddiy kurasha oladigan o'yinchilarni taklif qildilar. Ular «Milan» va «Yuventus»dan oldinda bormoqdalar? Mavsumni qanday boshlaganlariga qarab, men ha deb aytardim. «Inter» hali ham asosiy favorit va kuchli raqib, lekin shunday «Roma» bilan hech narsa istisno qilinmaydi», - deya Tottining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Qayd etamizki, rim klubi mavsumni ajoyib boshladi va uch turdan so'ng chempionatda yetakchilikni qo'lga kiritdi.