Italiyaning «Kalyari» klubi yangi kuchayish haqida e'lon qildi - jamoaga yaponiyalik yarimhimoyachi Yukinari Sugavara qo'shildi.

«Men juda tez qaror qabul qilishim kerak edi — transfer oynasi yopilishidan bir necha kun oldin, — lekin tanlovim oson bo'ldi. «Kalyari» menga murojaat qilganda, men darhol rozi bo'ldim», - deydi yaponiyalik yangi o'yinchi derbyderbyderby.it saytiga bergan intervyusida.

Sugavaraning idoli boshqa yapon futbolchisi - Hidetoshi Nakata:

«Nakata va Seriya A haqida gap ketganda, Yaponiyada hamma uchun ko'zlar porlaydi», - deb tushuntirdi u.

Shuni eslatib o'tamizki, hozirda «Kalyari» Seriya A turnir jadvalida to'qqizinchi o'rinda turibdi.