«Galatasaray» qanot o'yinchisi Rafael Leau «Milan»dan ketishi haqida eslatdi. Portugaliyalik futbolchi «Lissabonning «Sporting»iga qarshi Chempionlar ligasi o'yinidan oldin bo'lib o'tgan matbuot anjumanida «rossoneri»dan ketish qarori haqida savolga javob berdi.

«Hayotda o'zgarishlar qilish kerak bo'lgan paytlar bo'ladi. Men «Milan»da yetti yil o'tkazdim va bu yozda yangi chaqiriq uchun to'g'ri vaqt ekanini his qildim. Endi men «Galatasaray» o'yinchisiman, lekin «Milan»ga g'alaba qozonish va kuboklar yutishni tilayman», – deydi 27 yoshli futbolchi Milan Posts saytiga bergan intervyusida.

Leauning transferi turk klubiga 38 million evroga tushdi. Rafael Istanbul klubiga 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.