«Yuventus» yarim himoyachisi Manuel Lokatelli «Milan» bilan o'yinda o'ng tizzasidan jarohat olib, o'ng tizzasining tashqi meniskusiga operatsiya qildi.

«Yuventus»da ma'lum qilinishicha, tibbiy aralashuv muvaffaqiyatli o'tdi. 9 sentyabrdan Lokatelli reabilitatsiya dasturini boshlaydi, tiklanish muddatlari aniq ko'rsatilmagan. Boshqa manbalarga ko'ra, u 3 oydan keyin maydonga qaytishi mumkin.

Boga 7 sentyabrda chap sonida mushak jarohati oldi. Ikki haftadan so'ng u qayta tekshiruvdan o'tadi, shundan so'ng «Yuventus» futbolchining tiklanish muddatini aniq belgilay oladi.