Turinning Yuventus himoyachisi Federiko Gatti yozgi transfer oynasida jamoasini tark etishi mumkin edi. Bu haqda insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida aytilgan.
Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, italiyalik futbolchini Saudiya Arabistoni chempionatidagi klublar bilan bog'lashgan, ammo transfer amalga oshmagan. Shuningdek, Federikoga Seriya A vakillari - Napoli ham qiziqish bildirgan.
28 yoshli himoyachi yuventus safida 2022 yil yanvaridan beri o'ynaydi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning iyun oyida tugaydi. Transfermarkt portalining mutaxassislari futbolchining bozor qiymatini 14 million evro deb baholamoqda.
