Napadchi «Real» Endrik yanvar oyida klubini o'zgartirishi mumkin, agar etarlicha o'yin vaqti olmasa. 20 yoshli braziliyalik uchun karerasini davom ettirishning bir variantlari sifatida «Roma» ko'rsatilmoqda.

Madrid Universalning italiyalik jurnalist Jakopo Alibrandiga tayanib xabar berishicha, Endrik allaqachon yaqinlariga rim klubiga o'tish ehtimoli haqida gapirgan. Hozirda «Real» va «Roma» o'rtasida hech qanday kelishuv yo'q.

Endrik Mardidga «Lion»da muvaffaqiyatli o'tgan olti oylik ijaradan so'ng qaytib keldi. 15 ta Fransiya chempionatida o'yin o'tkazgan futbolchi 5 gol va 7 golli uzatma bilan ajralib turdi.