Eks-vinger «Manchester Yunayted» va «Galatasaray» Uilfrid Zaxa Italiyada faoliyatini davom ettirishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, 33 yoshli futbolchini taklif qilish variantini «Roma» ko'rib chiqmoqda, chunki jamoaning bosh murabbiyi Jan Piero Gaspirini hujum chizig'ini kuchaytirishni maqsad qilgan.
«Galatasaray»dan ketganidan so'ng, Zaxa erkin agentga aylandi, shuning uchun rimliklar uchun bu bitim bepul bo'ladi.
Oxirgi bir yarim yil davomida Zaxa amerikalik «Sharlot»da ijarada o'tkazdi. 2026 yilda u 13 o'yinda qatnashib, uchta gol urdi va ikki assist qayd etdi.
Ikki turdan so'ng «Roma» Seriya A turnir jadvalida oltita ochko to'plab, yetakchilik qilmoqda.
