Italiyalik himoyachi Alessio Romagnoli Rimning «Latsio» klubini tark etib, Qatar chempionatiga o'tdi. 31 yoshli futbolchining yangi jamoasi «Al-Sadd» bo'ldi.

Klubning matbuot xizmati ma'lum qilishicha, tajribali futbolchi yangi klubi bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzoladi. OAVda Romagnoli transferi Qatar klubiga uch million evroga tushishi haqida xabar berilgan edi.

Alessio 2022 yildan buyon «Latsio» sharafini himoya qildi. O'tgan yilgi Italiyaning A Seriyasida Romagnoli 32 uchrashuvda qatnashdi, ularda beshta sariq kartochka oldi va bir marta maydondan chetlatildi.