Bivshki yarimhimoyachi milanlik «Inter» va saudiya «Al-Nasr» jamoalarida o'ynagan Marselo Brozovich bir nechta klubning e'tiborida. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaning ma'lum qilishicha, 33 yoshli yarimhimoyachi uchun «Fiorentina», «Trabzonspor» va «Al-Ittihad» klublari kurash olib boradi. Hozirda Brozovich erkin agent hisoblanadi.
Marselo so'nggi uch mavsumda saudiya «Al-Nasr» jamoasi sharafini himoya qildi. Umuman olganda, xorvat 124 uchrashuvda qatnashib, sakkiz gol urdi va 23 assist berdi.
Tajribali yarimhimoyachining transfer narxi sakkiz million evroga baholangan.
