«Fiorentina» va «Sporting» o'rtasida yarim himoyachi Pedro Gonsalvesning o'tishi bo'yicha kelishuv amalga oshdi.

Mashhur insayder Fabrizio Romano ma'lum qilishicha, 28 yoshli futbolchi «Fiorentina»ga ijaraga o'tadi, buning uchun italiyalik klub 2,5 million evro to'laydi. Shartnomaga 22,5 million evro evaziga sotib olish opsiyasi kiritiladi. Muayyan shartlar bajarilganda, bu opsiya majburiy bo'lishi mumkin.

Gonsalves 2020 yildan beri «Sporting»da o'ynaydi. Lisabonda o'tkazgan olti mavsumida portugaliyalik 239 rasmiy o'yinda maydonga tushdi, 97 gol urdi va 64 golli uzatma berdi. Uning klub bilan shartnomasi 2030 yilning yozigacha davom etadi.