Italiyaning «Milan», Kataloniyaning «Barselona» va Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Djanluka Dzambrotta «rossoneri»dagi o‘zgarishlardan mamnun - u klub o‘tgan yilga nisbatan eng katta taraqqiyotga erishganini aytmoqda.

«Eng ko‘p o‘zgarishlarni «Milan» amalga oshirdi. Bir tur yetarli emas, lekin o‘yin uslubiga bo‘lgan yondashuvda allaqachon ba'zi yangiliklar ko‘zga tashlanmoqda», - deya Dzambrottaning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Eslatib o‘tamiz, «Milan» joriy chempionatdagi dastlabki ikkita o‘yinda g‘alaba qozondi - avval «Torino»ni, keyin esa «Venetsiya»ni mag‘lub etdi. Klub oxirgi marta 2022 yilda Italiya chempioni bo‘lgan.