Napadayi Franshesko Esposito o'zining hozirgi klubi – milanlik «Inter» bilan hamkorlikni uzaytirishga yaqin. Buni ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Nikolo Skira ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, 1 sentyabr, seshanba kuni tomonlar 2031 yilgacha bo'lgan uzoq muddatli shartnomani imzolaydi. Futbolchining yillik maoshi uch million evro va bonus to'lovlarini tashkil etadi.

21 yoshli forvard milanlik top-klubda 2023 yilning yozidan beri o'ynaydi. Hozirgi shartnomasi 2030 yilning iyun oyida tugaydi. Uning bozor qiymati 45 million evro.

Yangi mavsumda Seriya Ada Esposito ikki uchrashuv o'tkazib, bir gol va bir assist bilan ajralib turdi.