Kanada terma jamoasi va Turin Yuventus hujumchisi Jonatan Devid Ispaniyaning La Ligadagi top-klubida ish boshlash imkoniyatiga ega. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, kanadalik forvardning yangi ish joyi madridning «Atletiko» klubi bo'lishi mumkin. «Qadimgi xonim» esa, o'z navbatida, Devidni ma'lum shartlar asosida ijaraga berishni ko'rib chiqishga tayyor.

26 yoshli hujumchi o'zining Turin klubidagi faoliyatini o'tgan yilning yozidan boshlagan. O'yinchining amaldagi shartnomasi 2030-yilning iyun oyigacha davom etadi. Jonataning transfer narxi 30 million evro deb belgilangan.