Belgiyalik yarim himoyachi Marten de Ron «Atalanta»dan poytaxtdagi «Roma»ga o'tishga yaqin. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali jurnalist Fabrizio Romano ma'lum qildi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, rim klubi muzokaralar olib bordi va futbolchini transfer qilish bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdi. De Ron o'zini «bo'ri»lar safida ko'rishga tayyor.
35 yoshli yarim himoyachi «Atalanta»da 2017 yil avgustidan beri to'p surmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yil yozida tugaydi. Martenning transfer narxi 3,2 million evro deb baholanmoqda.
O'tgan mavsumda Seriya Ada yarim himoyachi 34 ta o'yinda maydonga tushdi. De Ron bir gol urdi va ikki golli uzatma berdi.
