Oxirgi paytlarda matbuotda Alejandro Baldeni Federico Dimarco bilan almashish haqida gaplar yuritilmoqda. «Barselona» italiyalik futbolchini «Inter»dan olib, 22 yoshli asosiy tarkibda o'rin yo'qotgan o'yinchini almashuvga qo'shmoqchi. Biroq, insider Fabrizio Romano ma'lumotlariga ko'ra, bu xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Almashuv bo'yicha muzokaralar olib borilmayapti.
Shuningdek, taniqli insider Nikolo Skira ham «Inter» Dimarkoni qo'yib yuborishni rejalashtirmayotganini va 28 yoshli lateralning shartnomasini uzaytirish ustida ish olib borayotganini ta'kidlaydi.
Ikkala futbolchining qiymati Transfermarkt portalida 50 million evro deb baholangan.
