Belgiya yarimhimoyachisi Aleksis Saliemakars mavsumni ajoyib boshladi, «Venezia»ga qarshi o'yinda u ikki gol uzatmasi berdi. Uning muvaffaqiyatlari boshqa Seriya A klublarining e'tiborini tortmoqda. Pianetamilan.it ma'lumotlariga ko'ra, «Atalanta» Saliemakarsni qo'lga olishga harakat qildi va «Milan»ga murojaat qildi. Biroq, u yerdan javob berishdi: o'yinchi «sotilmaydi».

Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning dekabrida Saliemakars rasmiy ravishda «Milan» bilan 2031 yilgacha shartnomasini uzaytirdi. Italiya chempionatining navbatdagi turida «rossoneri» Turin «Yuventus»i bilan o'ynaydi. Bu 6-sentabrda bo'lib o'tadi.