«Portu» Santyago Ximenesning transferi bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdi. Meksikalik hujumchi klubini o'zgartirishga tayyorlanmoqda.

Fabrizio Romano ma'lumotlariga ko'ra, 25 yoshli futbolchining transfer shartlari bepul ijarani va 18 million evro plus bonuslar evaziga sotib olish imkoniyatini o'z ichiga oladi.

Bu imkoniyat o'yin vaqti va belgilangan vazifalarni bajarishiga qarab majburiy bo'lishi mumkin.

Yaqin kunlarda Ximenes Portugaliyaga kelib, transferni yakunlash uchun harakat qiladi. O'yinchining bozor qiymati Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra 18 million evrodir.

Uning hozirgi shartnomasi «Milan» bilan 2029 yil 30 iyungacha davom etadi.